Pro-liga. "Qo‘qon-1912" "vodiy derbisi"da yirik hisobdagi g‘alabani qo‘lga kiritdi

Pro-liga 5-turidan o‘rin olgan "Andijon-SGS" - "Qo‘qon-1912" bahsi bo‘lib o‘tdi. Unda nominal mehmonlar yirik 1:4 hisobida g‘alaba qozondi. 

Qo‘qonliklar tarkibida gollarni Topvoldiev (avtogol), Ismoilov va Hojimirzaev (dubl) kiritdi. Andijon klubining yagona goli Mo‘ydinov nomiga qayd etildi.

Shu tariqa, "Qo‘qon-1912" turnir jadvalida 11 ochko bilan 1-o‘ringa chiqib oldi. "Andijon-SGS" hisobida 3 ochko mavjud bo‘lib, klub 10-pog‘onani band etgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!