Pro ligadagi xokkeycha hisoblar yoxud "kaltakbop bolalar" rolini bajarayotgan jamoa

  • 13 oktabr, 2022, 23:42
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Pro liganing “A” guruhi rosa qiziyapti. Chunki aynan shu erdan Superligaga chiqadigan ikkita jamoa bor. Uchinchisi esa pley offda o‘ynaydi. Shuningdek, “V” guruhini ham unutib qo‘ymaylik.

12 oktyabr kuni u erda 20-tur bo‘lib o‘tdi. Ikkala o‘yinda ham o‘ta yirik hisoblar qayd etildi. “Sho‘rtan” o‘z uyida “Yangier” darvozasiga javobsiz 4 ta gol urgan bo‘lsa, yana ikkita autsayderning o‘yiniga ham guvoh bo‘ldik. Bunda oxirgi o‘rindagi “Zomin” o‘zidan bir pog‘ona yuqoridagi Nukusning “Aral Samali”sini qabul qildi. Yaqqol so‘nggi pog‘onaga “mixlanib” qolgan “Zomin” nukusliklar darvozasizga oz emas, ko‘p emas naqd 9 ta gol urdi (!). “Aral Samali”dan birorta ham javob bo‘lgani yo‘q.

Aral Samali

Nukusdagi bahsda mezbonlar “Zomin”ni 2:1 natijasi bilan enggandi. Jizzaxliklar buning uchun raqibidan ortig‘i bilan revansh oldi. Aynan “Zomin” – “Aral Samali” o‘yini va undagi natija bizning e’tiborimizn tortdi. Nega deganda, “Aral Samali” bunday o‘ta yirik hisobdagi mag‘lubiyatga ilk bor uchrayotgani yo‘q.

Rosti, bu jamoa yutqazganda asosan yirik mag‘lubiyatlarga uchrayapti. O‘tgan turda Nukusda “Sho‘rtan”ni qabul qildi va mehmonlar javobsiz 3 ta gol urib ketdi. Undan avval bo‘lsa, “Yangier” maydonida o‘ynagan “Aral Samali” “Zomin” bilan o‘yinda bo‘lgani kabi javobsiz 9 ta golni qabul qilib oldi.

“Aral Samali”ning 20-turdan keyingi ko‘rsatkichi quyidagicha: 4 g‘alaba, 2 durang va 14 mag‘lubiyat. To‘plar nisbati esa 13-74. “V” guruhida hozirgacha o‘z darvozasidan eng ko‘p gol o‘tkazgan jamoa ham nukusliklar. Holbuki, chempionat davom etyapti va bu raqamlar yanada oshishi ehtimoli yuqori. Undan keyingi o‘rinda “Zomin” bo‘lib, darvozasidan 37 ta to‘p olib chiqqan. Ana endi o‘zingiz oradagi farqni solishtirib olavering. Barcha salbiy natijalar bo‘yicha “Aral Samali” peshqadam.

“Aral Samali”ning shu kungacha barcha yirik hisoblardagi mag‘lubiyati

20-tur

12.10.2022

Zomin

9 : 0

Aral Samali

19-tur

06.10.2022

Aral Samali

0 : 3

Sho‘rtan

18-tur

10.09.2022

Yangier

9 : 0

Aral Samali

16-tur

23.08.2022 

Buxoro

5 : 0

Aral Samali

14-tur

06.08.2022 

Mash’al

7 : 0

Aral Samali

13-tur

24.06.2022 

Aral Samali

1 : 6

Andijon

12-tur

12.06.2022 

G‘ijduvon

5 : 0

Aral Samali

11-tur

05.06.2022 

Aral Samali

0 : 3

Turon

9-tur

21.05.2022 

Aral Samali

1 : 4

Yangier

6-tur

29.04.2022 

Sho‘rtan

6 : 0

Aral Samali

4-tur

27.03.2022 

Andijon

4 : 0

Aral Samali

2-tur

12.03.2022 

Turon

3 : 0

Aral Samali

 

Ko‘rib turganingizdek, 14 ta mag‘lubiyatdan 12 tasida raqiblar “Aral Samali” darvozasiga xohlaganicha gol urganlar. Yana ikkita mag‘lubiyatiga kelsak, ulardan biri “Buxoro” bilan uchrashuvga to‘g‘ri keladi. Unda ham buxoroliklar 4 ta gol urgan, bunga javob tariqasida “Aral Samali” 2 marta  to‘p kiritgan. Yana bir yutqazgan uchrashuvi chempionatning dastlabki turida safarda “Xorazm”ga qarshi kechgan bo‘lib, 2:1 hisobida mag‘lub bo‘lgan. Natijalarni ko‘rib xokkeycha hisoblar yodimizga tushyapti. 

aral2

Nukusliklar tarkibi yozgi transfer oynasi paytida kuchsizlandi, desak mubolag‘a bo‘lmasa kerak. Mavsum boshidan beri etakchilar jamoani tark etdi. Eshitishimizcha, bosh murabbiy Timur Turdiev ham “Aral Samali” bilan birga emas. Yozda yo‘qotishlar bo‘ldi. Asosan mahalliy futbolchilarning xizmatidan foydalanilyapti. Afsuski, nukusliklar pro liga “V” guruhida “kaltakbop bolalar” rolini bajarishmoqda. Agar shu zayl davom etadigan bo‘lsa, biz yana “Aral Samali” ishtirokida gollar shousini, o‘ta yirik mag‘lubiyatlarni ko‘raveramiz!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Мажидов Шахзод
14/10/2022 00:51
Тотализатор ўйнаяпти булар ҳаммаси аёнку буларга футбол керак эмас чет давлатдаги ҳамкорлар орқали норасмий конторалар билан ишлаб соққа қиляпти булар