
Pro liganing 12-turida qaysi futbolchilar klubiga yordam bera olmaydi?
Oldin xabar berganimizdek, bugun pro ligada 12-tur o‘yinlari davom ettiriladi.
Bu turda klubiga yordam bera olmaydigan futbolchilar ro‘yxati e’lon qilindi. Unga ko‘ra, 7 nafar o‘yinchi diskvalifikatsiyaga uchragan.
Eng ko‘p yo‘qotish “Sho‘rtan” jamoasida. Bois, g‘uzorliklarning uch nafar futbolchisi jamoasiga ko‘maklasha olmaydi. Shuningdek, “Mash’al”da 2 ta, “Aral” va “Xorazm”dan 1 tadan o‘yinchilar ham bu turda dam oladilar.
Fikrlar