
Professional boks olamidagi super janglar anonsi bilan tanishing!
Koronavirus pandemiyasi tufayli butun sport olamidagi turnirlar to‘xtatilgan edi. Jumladan, professional boks olamida ham ko‘plab qiziqarli janglar o‘z vaqtida tashkil qilinmadi. Mana endi, o‘sha biz kutgan super to‘qnashuvlar asta-sekin o‘tkazila boshlandi. Garchi, muxlislarsiz bo‘lsa-da, bevosita translyatsiya orqali boks ixlosmandlari ajoyib janglarning guvohi bo‘lishmoqda. Quvonarlisi, yil yakuniga qadar, bizni yana juda qiziqarli chempionlik va reyting janglari kutib turibdi. Quyida ushbu janglar anonsi bilan tanishing!
26 sentyabr
AQSh (Ankasvill)
Jermall Charlo (30-0, 22 KO) - Sergey Derevyanchenko (13-2, 10 KO)
Mazkur to‘qnashuv o‘rta vazn toifasi (72.6 kg) bo‘yicha WBC jahon chempionlik kamari uchun o‘tkaziladi.
Jermell Charlo (33-1, 17 KO) - Xeyson Rosario (20-1, 14 KO)
Birinchi o‘rta vazn toifasi (69 kg) chempionlarining kamarlarni birlashtiruvchi jangi hisoblanadi. O‘rtga IBF, WBC, WBA kamarlari tikilgan.
10 oktyabr
AQSh (Ankasvill)
Sergey Lipinets (16-1, 12, KO) - Qudratillo Abduqahhorov (17-0, 9 KO)
Yarim o‘rta vazn toifasida (66,7 kg) o‘z janglarini o‘tkazadigan hamyurtimiz Qudratillo Abduqahhorov rossiyalik bokschiga qarshi IBF yo‘nalishining "vaqtinchalik" chempionlik kamari uchun ringga ko‘tariladi.
17 oktyabr
AQSh (Las-Vegas)
Vasiliy Lomachenko (14-1, 10 KO) - Teofimo Lopes (15-0, 12 KO)
Engil vazn toifasi (61,2 kg)dagi super chempion hisoblanuvchi ukrainalik Lomachenko jiddiy raqibga qarshi jang qiladi. O‘rtaga WBC Franchise, WBA Super, IBF i WBO kamarlari tikilgan.
23 oktyabr
Rossiya (Moskva)
Artur Beterbiev (15-0, 15 KO) - Adam Daynes (19-1-1, 10 KO)
Yarim og‘ir vazn toifasining (79 kg) ikki yo‘nalish chempioni Beterbiev Daynesdan o‘zining WBC va IBF chempionlik kamarlarini himoya qiladi.
24 oktyabr
AQSh (Ankasvill)
Jervonta Devis (23-0, 22 KO) - Leo Santa Krus (37-1-1, 19 KO)
Bu o‘ziga xos to‘qnashuv bo‘lib, bitta jangni o‘zida ikki vazn chempionligi uchun ringga ko‘tariladilar. Ya’ni, ikkinchi yarim engil vaznda (59 kg) hamda engil vazn (61,2 kg) da WBA kamarlari uchun jang kechadi.
Buyuk Britaniya (London)
Daniel Dyubua (15-0, 14 KO) - Jozef Djoys (11-0, 10 KO)
Super og‘ir vazn toifasida ( +90,7 kg)faoliyat yuritadigan, ikki nokautchi britan bokschilari reyting jangida o‘zaro hisob-kitob qiladilar.
19 dekabr
AQSh (Las-Vegas)
Tayson Fyuri (30-0-1, 21 KO) - Deontey Uaylder (42-1-1, 41 KO)
Boks olamining yorqin yulduzlari, super og‘ir vazn toifasidagi eng kuchli ikki bokschi o‘rtasidagi trilogiya bo‘lib o‘tadi. Jang WBC jahon chempionlik kamari uchun bo‘ladi.
Fikrlar