Professional bokschimiz ringga chiqadi
Rossiya poytaxti Moskva shahrida tashkil etiladigan professional boks kechasida o‘zbekistonlik charm qo‘lqop ustasi Murod Azimov navbatdagi jangini o‘tkazadi.
Olti raundlik jangda 27 yoshli bokschimizning bu galgi raqibi rossiyalik Rashid Kodzoev bo‘ladi.
Murod Azimov professional boksdagi faoliyatini 2009 yilda boshlagan. Hozirgacha 15 ta jang o‘tkazgan hamyurtimiz sakkizta g‘alaba, oltita mag‘lubiyat va bitta durang qayd etgan.
Rashid Kozoev esa katta ringga bu yil qadam qo‘ydi va ketma-ket ikkita jangda zafar quchdi.
Bo‘lajak jangda hamyurtimizga omad tilaymiz!

Fikrlar