
Professional jangchimiz Ramazon Temirov Xitoydagi turnirda zafar quchdi
Aralash yakkakurash jang san’atlari bo‘yicha Xitoy poytaxti Pekin shahrida tashkil etilgan professional janglarda o‘zbekistonlik sportchi Ramazon Temirov ham qatnashdi.
U mazkur turnirning 52 kg vazn toifasida ringga chiqib, koreyalik Song Yangi bilan kuch sinashdi. Jang yakunlariga ko‘ra, ochkolar bo‘yicha hakamlar bir ovozdan hamyurtimizning g‘alabasini tasdiqladi.
Eslatib o‘tamiz, mazkur turnirda yana bir hamyurtimiz Avliyo Hamidov ham ishtirok etib, zafar quchgan edi.
Fikrlar