PSJ - "Barselona" bahsini boshqaruvchi hakamlar nomi ma’lum
Chorshanba kuni Evropa Chempionlar Ligasi 1/8 finali javob uchrashuvi doirasida PSJ o‘z uyida "Barselona"ni qabul qiladi. "Park de Prens" arenada bo‘lib o‘tadigan ushbu o‘yinni boshqarib boruvchi hakamlar brigadasi UEFA rasmiy sayti tomonidan e’lon qilindi. Unga ko‘ra, markaziy uchrashuvni Entoni Teylor boshchiligidagi angliyalik hakamlar brigadasi boshqarib boradigan bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, jamoalar o‘rtasidagi dastlabki bahs parijliklarning 1:4 hisobidagi g‘alabasi bilan yakun topgan edi.
Fikrlar