PSJ 18 yoshli futbolchi uchun 70 million yevro so‘rayapti

  • 22.08.2026 15:53
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Pari Sen-Jermen» yarim himoyachisi Ibraima Mbayening kelajagi hali ham aniq emas. Parij klubi 18 yoshli futbolchini sotishga tayyor, ammo uning uchun 70 million yevro so‘rayotgani aytilmoqda. 

Jurnalist Fabris Hokinsning xabar berishicha, o‘yinchi asosiy tarkibda ko‘proq maydonga tushishni istamoqda, ehtimoliy xaridorlar esa uning transfer qiymatini 50 million yevrodan ortiq baholamayapti.

Ibraima Mbayeni qo‘lga kiritish bo‘yicha asosiy da’vogar sifatida uzoq vaqtdan buyon «Liverpul» tilga olinayotgan edi. Biroq «qizillar» ham PSJ belgilagan yuqori narxdan qoniqmayotgani ma’lum qilindi. 

Transfermarkt portalida yosh senegallik futbolchining bozor qiymati 30 million yevro deb ko‘rsatilgan. Uning Frantsiya chempionati grandi bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilgacha mo‘ljallangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!