PSJ 90 million evrolik transferga qo‘l urishi mumkin
Hujumchi Dushan Vlaxovich "Yuventus"dan PSJga ko‘chib o‘tishi mumkin.
Parijliklar futbolchi uchun 90 million evro taklif qilishga tayyor. Parij klubi unga yillik 9 million evro maosh to‘lashga tayyor. Vlaxovichning o‘zi ham PSJga o‘tishga qarshi emas.
Qayd etish lozim, Frantsiya grandini shu yozgi transferlar oynasida Kilian Mbappe tark etishi mumkin. Klub allaqachon unga o‘rinbosar qidirish ishlarini boshlab yuborgan.

Fikrlar