PSJ APLdan hujumchi olmoqchi

  • 20 yanvar, 15:08
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Birmingemning "Aston Villa" klubi hujumchisi Jon Duranga Frantsiyaning PSJ klubi qiziqish bildirmoqda. Insayder Matteo Morettoning ma’lumotiga ko‘ra, klub o‘rtasida kolumbiyalik futbolchini transfer qilish bo‘yicha muzokaralar olib borilmoqda.

Tecno

Manbaning ma’lum qilishicha, ingliz klubi hujumchi uchun 70 million evrodan ko‘proq summa talab qilmoqda. Agar hozirda shartnoma imzolanmasa, parijliklar yozgi transfer oynasida yana bir bor urinish qilmoqchi.

Joriy mavsumda 21 yoshli hujumchi "Aston Villa" safida 27 ta uchrashuvda ishtirok etib, 12 ta gol urdi. Duraning APL klub bilan amaldagi shartnomasi 2030 yilning o‘rtalariga qadar mo‘ljallangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!