PSJ avtobusi stadionni Mbappesiz tark etdi

PSJ avtobusi "Borussiya"ga qarshi kechgan Chempionlar ligasi yarim final uchrashuvidan (0:1) keyin frantsiyalik hujumchi Kilian Mbappesiz Dortmunddagi stadionni tark etdi, deb xabar bermoqda Footmercato.

Manbaga ko‘ra, Mbappe o‘yindan so‘ng doping-testdan o‘tishi kerak edi, shu sabab u jamoa bilan birga klub avtobusida keta olmagan. Keyinroq u shaxsiy mashinasida aeroportda jamoadoshlariga qo‘shildi.

PSJ va "Borussiya" o‘rtasidagi javob uchrashuvi 7 may kuni, Toshkent vaqti bilan soat 00:00da boshlanadi.

Mbappe 2018 yildan buyon PSJda o‘ynab kelmoqda. Futbolchining klub bilan shartnomasi 2024 yilning yozigacha mo‘ljallangan. Joriy mavsumda frantsiyalik hujumchi 45 ta o‘yinda qatnashib, 43 ta gol urdi va 10 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
expert Umid-informatik
02/05/2024 16:42
Баппи