PSJ baribir uni sotib olmoqchi

  • 1 iyun, 2021, 15:29
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

"Yuventus"ning braziliyalik yarim himoyachisi Artur faoliyatini Frantsiya chempionatida davom ettirishi mumkin.

Calciomercato nashri tarqatgan xabarga qaraganda, 24 yoshli futbolchiga PSJ xaridor bo‘lmoqda. Aniqrog‘i, parijliklar sport direktori Leonardo hamyurtini Parijda ko‘rmoqchi.

Arturning ayni damdani transfer narxi 50 million evroga baholanmoqda.  Uning “keksa sinora” bilan amaldagi shartnomasi 2025 yilga qadar imzolangan.

Artur o‘tgan mavsum "Yuventus" safida jami 32 ta o‘yinda ishtirok etdi. U ushbu uchrashuvlarda bor yo‘g‘i 1 ta golga mualliflik qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!