PSJ “Barsa” qiziqayotgan hujumchi uchun 150 million sarflamoqchi

  • 12.05.2026 20:24
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

PSJ Madridning "Atletiko" klubi bilan hujumchi Xulian Alvares transferi bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda. 

Fransiya klubi 26 yoshli hujumchining transferi uchun 150 million evrodan ortiq pul to‘lashi mumkin. Bu haqida El Chiringuito o‘zining X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida xabar berdi.

Alvares 2024 yilning yozidan beri "matraschilar" safida o‘ynamoqda. Joriy mavsumda hujumchi barcha musobaqalarda 49 ta o‘yinda ishtirok etib, 20 ta gol va 9 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Futbolchining klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2030 yilning yozigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt portalida taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 90 million evroni tashkil etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!