PSJ — "Bavariya" uchrashuviga hakamlar tayinlandi
Chempionlar ligasi yarim finali doirasidagi PSJ — "Bavariya" uchrashuvini shveytsariyalik hakam Sandro Sherer boshqaradi.
Jamoalar seshanba kuni Parijda ilk yarim final bahsida maydonga tushadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 00:00'da start oladi.
Shererga Ispaniyadan hakamlar brigadasi yordam beradi. VAR tizimida esa Karlos del Serro Grande ishlaydi.

Fikrlar