
PSJ Chempionlar ligasidan chiqib ketdi. Endi Mbappe ketadimi?
PSJ Chempionlar ligasining nimchorak finalida ikkala uchrashuvda ham “Bavariya”ga yutqazib qo‘ydi. Jamoa eng nufuzli musobaqadan chiqib ketganidan keyin Kilian Mbappening klubdan ketishi haqidagi gaplar ko‘payib bormoqda.
Bu masalaga 24 yoshli hujumchining o‘zi ham munosabat bildirdi.
- Kelajagim haqida bosh qotiryapmanmi? Yo‘q, hozircha men kelajagim masalasida xotirjamman. Endi men uchun bu mavsumdagi yagona maqsad ichki chempionatda g‘alaba qozonish. Keyin nima bo‘lishini vaqt ko‘rsatadi, - dedi Kilian Mbappe.
Mbappe joriy mavsumda barcha turnirlarda 31 marotaba maydonga tushib, raqiblar darvozasini 30 marotaba ishg‘ol qildi va sakkiz marta assist qayd etdi.
Fikrlar