PSJ darvozaboni uchun Londonning 3-klubi ham kurashga qo‘shildi

  • 9 sentabr, 2020, 21:14
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Pari Sen-Jermen" darvozaboni Alfons Areolya uchun APLning yana bir klubi kurashga qo‘shildi.

Tecno

Mirror nashrining yozishicha, 27 yoshli frantsiyalik posbonni “Arsenal” ham o‘z safida ko‘rmoqchi. “Kanonirlar” transfer oynasi yopilgunicha Areolyani ijaraga olmoqchi. Ammo, bu borada ular hamshaharlari "Chelsi" va "Fulxem" bilan raqobat olib borishiga to‘g‘ri keladi.

Areolya o‘tgan mavsumni “Real” safida ijarada o‘tkazgan edi. U Madridda 13 ta o‘yin o‘tkazdi va o‘z darvozasidan 14 ta gol o‘tkazib yubordi. Uning PSJ bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!