PSJ: Endi argentinalik o‘yinchilarga o‘rin yo‘q!
PSJ rahbariyati yozgi transferlar vaqtida jamoaning barcha argentinalik futbolchilaridan voz kechishga qaror qildi. L'Equipe nashrining xabar berishicha, poytaxt klubida faqat Lionel Messi qoladi.
Manbaning ta’kidlashicha, Anxel di Mariyaga yangi shartnoma taklif qilinmaydi. Leonardo Paredes va Mauro Ikardi boshqa klublarga sotib yuboradi. Bu ikki o‘yinchiga A Seriya vakillaridan qiziqish bo‘layotgani aytilmoqda.
Parij klubida 2015 yildan beri to‘p tepib kelayotgan hujumkor futbolchi Anxel di Mariya samarali o‘yin ko‘rsatayotganiga qaramay, bundan buyon jamoaga kerak bo‘lmaydi.
PSJ xo‘jayinlari jamoa Chempionlar ligasidan erta chiqib ketganidan keyin tarkibni yoshartirish va qayta tuzishni mo‘ljallamoqda.
Fikrlar