PSJ etakchilari "Real"ga qarshi o‘ynamasligi mumkin

  • 2 fevral, 2022, 18:55
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

PSJ futbolchilari - Serxio Ramos va Neymar jarohatlardan tiklanishda davom etmoqda.

Ramos va Neymar bugun parijliklarning umumiy guruhida ishlamadi. RMC Sport xabariga ko‘ra, braziliyalik futbolchi hamon sport zalida yakka tartibda shug‘ulanmoqda. U noyabr oyidan buyon PSJ safida maydonga tushmayapti.

Ispaniyalik futbolchi esa mushaklaridan jarohat oldi va Frantsiya kubogi 1/8 finalidan o‘rin olgan “Nitstsa”ga qarshi o‘yinni o‘tkazib yubordi.

Eslatib o‘tamiz, PSJ 6 fevral kuni Frantsiya chempionatining 23-turida amaldagi chempion - “Lill”ga qarshi maydonga tushsa, 15 fevral kuni EChL 1/8 finalida “Real” bilan to‘qnash keladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!