PSJ futbolchilari maoshlari kamayishini istashmayapti

  • 29 aprel, 2020, 14:58
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

L`Equipe nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, PSJ futbolchilari maoshlari qisqartirilishini xohlashmayapti.

Tecno

Klub sport direktor Leonardo maoshlarni qisqartirish bo‘yicha muzokaralarni davom ettirmoqda. Ammo futbolchilar nomidan ish yuritayotgan braziliyaliklar Tiago Silva va Markinos jamoa bu borada rahbariyatga imtiyoz bermasligini ma’lum qilishgan.

Neymar parijliklar safida eng ko‘p maosh oladi (48,9 mln evro yiliga). Undan keyin Kilian Mbappe (19,3 mln evro), Edinson Kavani (18,4 mln evro), Tiago Silva (15,2 mln evro) va Anxel Di Mariya (13,3 mln evro) bor.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!