
PSJ futbolchilari Tuxeldan norozi bo‘lishmoqda
PSJ klubining bir qator futolchilari jamoa bosh murabbiyi Tomas Tuxeldan norozi bo‘lishmoqda. Bu haqda Le Parisien nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra germaniyalik mutaxassisning “Renn”ga (2:1) qarshi o‘yinda hujumchi Yulian Drakslerni maydonga tushirgani futbolchilarga yoqmagan. Boisi, ularning fikricha aynan Draksler chempionatning ilk turida “Nim”ga (3:0) qarshi o‘yinda juda yomon o‘ynagan edi.
Bundan tashqari Tuxel “to‘pni faqat Neymarga uzat” taktikasi bo‘yicha o‘ynaydi.
Ma’lumot uchun, PSJ ayni damda 3 ochko bilan musobaqa jadvalida 8-pog‘onani egallab turibdi.
Fikrlar