
PSJ futbolchisi "Yuventus"ga o‘tishni xohlamoqda
PSJ hujumchisi Leandro Paredes qishki transferlar davrida jamoasini o‘zgartirmoqchi.
La Gazzetta dello Sport nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 25 yoshli argentinalik futbolchi o‘ziga qiziqish bildirayotgan “Yuventus”ga o‘tmoqchi. U bu haqda “keksa sinora” vakillariga ham ma’lum qilgan.
Turinliklar esa uni qo‘lga kiritish uchun Emre Janni parijliklarga berishga tayyor.
Ma’lumot uchun, Parades joriy mavsum Frantsiya chempionatida 11 ta o‘yinda maydonga tushdi va 1 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Uning amaldagi shartnomasi 2023 yilga qadar imzolangan.
Fikrlar