PSJ himoyachisi "Yuventus"ga o‘tadi
PSJ klubi himoyachisi Layvin Kurzava "Yuventus"ga o‘tishga juda yaqin turibdi. Bu haqda TF1 nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra 27 yoshli futbolchi “keksa sinora” safiga o‘tishga rozilik bildirgan. Ayni damda PSJ va “Yuve” shartnoma shartlari bo‘yicha so‘nggi muzokaralarni o‘tkazishmoqda.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Kurzava “Arsenal”ga o‘tishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Ma’lumot uchun, Kurzava joriy mavsum PSJ safida 15 ta o‘yinda maydonga tushdi va 1 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2020 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar