
PSJ Lempardga keraksiz futbolchini olib kelmoqchi
"Chelsi" yarim himoyachisi Temue Bakayoko faoliyatini Frantsiya chempionatida davom ettirishi mumkin.
London klubi bilan PSJ muzokaralar olib bormoqda, deb xabar qildi Le Parisien. "Chelsi" futbolchini ijaraga berishga tayyor.
Parijda tavallud topgan Bakayoko o‘tgan mavsumni "Monako"da ijara asosida o‘tkazgan. Avvalroq, unga "Milan" klubi qiziqish bildirayotgandi.
Fikrlar