"PSJ" "Manchester Yunayted" futbolchisini anchadan beri kuzatib keladi

  • 23 dekabr, 2022, 13:15
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Yunayted"ning braziliyalik yarim himoyachisi Fred faoliyatini Frantsiya chempionatida davom ettirishi mumkin.

"The Sun" nashri xabariga ko‘ra janubiy amerikalik futbolchiga "PSJ" qiziqish bildirmoqda. Parij grandi Fredni anchadan beri kuzatib keladi va unga rasmiy shartnoma taklif qilishga tayyor.

O‘z navbatida, "qizil iblislar" futbolchisi uchun 30 million funt so‘ramoqda va shunga muvofiq taklif tushsagina uni sotishga tayyor bo‘ladi. 29 yoshli yarim himoyachi 2018 yilning yozidan buyon "mankunianliklar" safida to‘p tepmoqda.

Ma’lumot uchun, Fred joriy mavsum APLda 11 ta o‘yinda maydonga tushib, bitta gol urdi va ikkita sariq kartochka bilan "siylandi".

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!