
PSJ Maneni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi
"Liverpul" klubi forvardi Sadio Mane PSJning qiziqishlar doirasiga kirib qoldi. Bu haqda Mundo Deportivo nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaaga qaraganda parijliklar 27 yoshli senegallik futbolchini jamoadan ketishi kutilayotgan Neymarga munosib o‘rinbosar sifatida qarashmoqda. Frantsiya chempioni to‘purar futbolchi uchun mersisaydliklarga 100 million evrodan ortiqroq mablag‘ taklif qilishga tayyor.
Ma’lumot uchun, Mane joriy mavsum 21 ta o‘yinda maydonga tushdi va 13 ta gol hamda 7 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.
Fikrlar