PSJ Mbappedan voz kechdi!

  • 7 iyul, 2023, 18:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

PSJ asosiy hujumchisi Kilian Mbappega narx qo‘ydi. Parijliklar 24 yoshli hujumchini 200 million evroga sotib yuboradi.

Tecno

Yaqinda PSJ xo‘jayini Nasser Al-Xelaifiy o‘yinchi bir necha kun ichida yangi bitim imzolamasa, klub uni transferga qo‘yishini aytgandi.

Mbappening o‘zi yana bir yil Parijda qolib, sodiqlik uchun ajratilgan 90 million evro bonusni qo‘lga kiritib, kelasi yoili yozda erkin agent sifatida “Real”ga o‘tmoqchi. Madridliklar agar futbolchi PSJ bilan shartnoma tuzmasa, 120 million evro miqdorida bonus berilishini ham va’da qilgan.  

Voqealarning bu taqlid rivojlanishi PSJni qoniqtirmaydi. Shu bois, ular Mbappe shartnoma tuzmagan taqdirda uni sotib yuborishga majbur bo‘ladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!