PSJ Mbappega 5 yillik shartnoma taklif qildi
PSJ klubi rahbariyati hamon hujumchi Kilian Mbappe bilan shartnomani uzaytirish masalasida ish olib bormoqda.
Parijliklar sport direktori Leonardo 21 yoshli frantsiyalik futbolchiga 5 yillik shartnoma va yiliga 32 mln evro maosh taklif qildi.
Eslatib o‘tmiz, Mbappening amaldagi shartnomasi 2022 yilga qadar imzolangan. Bundan avvalroq esa uning yozda “Real”ga o‘tishi borasida xabarlar tarqalgan edi.

Fikrlar