PSJ Mbappeni qanday ko‘ndirgani oshkor bo‘ldi

  • 24.05.2022 18:04
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

ESPN nashri mutaxassislari o‘z manbalari orqali “Pari Sen-Jermen” rahbariyati Kilian Mbappeni olib qolish uchun unga yaratib bergan sharoitlar haqida to‘liq ma’lumot topdi.

Unga ko‘ra, klub bilan uch yillik yangi bitim imzolagan Kilian Mbappening qo‘liga har yili soliqlardan keyin 57 million evro maosh tegadi. Parij klubini tanlagani uchun uch yil davomida unga 300 million evro bonus sifatida to‘lanadi.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, shartnomaning moddiy tomoni hal qiluvchi ahamiyatga ega emas.

Klubga egalik qiluvchi qatarlik shayxlar Mbappega klub qarorlariga ta’sir o‘tkazish vakolatini bergani uning tanloviga xizmat qilgan. Endi klub mutasaddilari bosh murabbiy, sport direktori va o‘yinchilarni tanlashda 23 yoshli futbolchi bilan maslahatlashishiga to‘g‘ri keladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!