
PSJ Messi bilan bitim imzolashga tayyor
PSJ 2021 yilning yozida Lionel Messi bilan shartnoma imzolash yo‘llarini o‘rganib chiqmoqda, deb xabar berdi ESPN.
Ta’kidlanishicha, Messi "Barsa"dan ketish istagini bildirganida Parij klubining forvardi Neymar va sport direktori Leonardo argentinalikni olib kelish borasida o‘zaro suhbatlashgan va hamon ushbu transferni amalga oshirish variantidan voz kechilmadi.
Agar Messi PSJga kelsa, uning maoshi yiliga 60 mln evro bo‘lishi kutilmoqda. Bu erda Neymar yiliga 36 mln evro, Mbappe esa 20 mln evro ishlab topadi.
Shu qatorda, frantsiyaliklar Neymar hamda Mbappe bilan kelishuvni uzaytirishni xohlamoqda.
Lionel Messining "Barselona" bilan bitimi 2021 yilning yozida o‘z nihoyasiga etadi. U yanvarda boshqa jamoalar bilan muzokara o‘tkazishi mumkin.
Fikrlar