PSJ Messidan nega voz kechdi?

  • 26.08.2020 23:15
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Birinchilardan bo‘lib Lionel Messiga og‘iz solgan PSJ rahbariyati, oxir-oqibat argentinalik hujumchini olish fikridan voz kechishga majbur bo‘ldi.

Bunga jamoa bosh murabbiyi Tomas Tuxelning pozitsiyasi sabab bo‘ldi. Germaniyalik mutaxassis tarkibda Neymar va Mbappe singari super hujumchilar borligini inobatga olib, Messining xizmatlariga ehtiyoj yo‘qligini, uning o‘rniga yozgi transferlar vaqtida himoya chizig‘i va maydon markazini kuchaytirish lozimligini ma’lum qilgan.

Shu tariqa, Frantsiya chempioni Messi uchun kurashdan chiqqanini ma’lum qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!