PSJ Neymarga narx belgiladi
PSJ rahbariyati Neymarni sotishga qaror qildi. Bu haqda "Marca" nashri yozmoqda.
Manbaning xabariga ko‘ra, parijliklar yozda futbolchi bilan xayrlashmoqchi. Klub uning transferidan kamida 100 million evro ishlab olmoqchi. Avvalroq, klub egalari uning o‘yinidan qoniqish hosil qilmayotgani haqida ma’lumotlar paydo bo‘lgandi.
Joriy mavsum Neymar Frantsiya chempionatida bor yo‘g‘i 13 ta o‘yinda maydonga tushdi. Uning hisobida 4 ta gol va 3 ta golli uzatma mavjud. Braziliyalik hujumchining klub bilan amaldagi bitimi 2025 yilgacha mo‘ljallangan.

Fikrlar