PSJ Neymarga yangi shartnoma taklif qiladi
PSJ hujumchisi Neymar jamoada qolishga tayyor va u rahbariyatdan yangi shartnoma kutmoqda.
Goal.com nashrining xabar berishicha, parijliklar rahbariyati ham 29 yoshli braziliyalik futbolchi bilan shartnomani uzaytirish bo‘yicha muzokaralarni boshlashga tayyor. Tomonlar uzoq yillik shartnoma imzolashlari kutilmoqda.
Neymar PSJ safida 2017 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U o‘tgan davr mobaynida 90 ta o‘yinda maydonga tushdi va 73 ta gol hamda 43 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Uning amaldagi shartnomasi 2022 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar