PSJ Neymarni mashg‘ulotlarga qo‘shmayapti
PSJ forvardi Neymar jamoa mashg‘ulotlarida ishtirok etmayapti.
27 yoshli futbolchi hamon jamoaning mashg‘ulotlarida ishlamayapti. Uning kelajagi hal bo‘lguniga qadar, Neymar yakka tartibda mashg‘ulot o‘tkazadi.
"Diario Sport"ning xabariga ko‘ra, klub Neymar jamoani tark etishini biladi. Faqat bir masala qolmoqda, Neymar "Barsa"ga o‘tadimi yoki "Real"ga?
Oldinroq, PSJ futbolchini chempionatning 1-tur o‘yini qaydnomasiga kiritmagan edi.

Fikrlar