PSJ Neymarning narxini tushirib qo‘ydi
Frantsiyaning PSJ klubi o‘z forvardi Neymar bilan transfer oynasi yopilgunga qadar xayrlashmoqchi.
27 yoshli futbolchi bilan xayrlashish maqsadida Parij klubi futbolchining transfer narxini ham tushirib qo‘ydi. Avval, PSJ futbolchi uchun qiziqqan klublarga kamida 300 mln evro talab qilar edi. Hozirda bu mablag‘ni deyarli ikki barobarga pasaytirib qo‘ydi va parijliklar Neymarni 180 mln evroga qo‘yib yuborishga tayyor.
Frantsuzlar boshqa futbolchilarni sotishni istashmayapti. Ular bitta futbolchini sotib katta mablag‘ga ega bo‘lishmoqchi.
Braziliyalik forvard o‘zining sobiq jamoasi "Barselona"ga qaytishi kutilmoqda. Uning atrofidagi insonlar forvardning "Barsa"ga o‘tishiga to‘liq ishonmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Neymar 2017 yili "Barselona"dan PSJ klubiga 222 mln evro evaziga transfer qilingan.
Ma’lumot uchun, "ko‘k-anorranglilar"dan tashqari birazliyalik futbolchiga "Yuventus" va "Real" klublari ham qiziqish bildirgan edi.
Manba: Sport:es

Fikrlar