PSJ Neymarning transferi bo‘yicha "Barsa"ga qanday shart qo‘ydi?
PSJ klubi Neymarning transferi masalasida “Barselona” bilan o‘tkazayotgan muzokaralari davomida kataloniyaliklarga shart qo‘ydi.
Marca nashri tarqatgan xabarga ko‘ra agar “ko‘k-anor ranglilar” braziliyalik futbolchisini qaytarib olishni xohlashsa, u holda tezroq o‘zlarining takliflarini yaxshilashlari kerak. Aks holda parijliklar uni “Real”ga sotib yuborishlarini bildirishgan.
Eslatib o‘tamiz, PSJ Neymarni 2017 yil “Barselona”dan 222 mln evro evaziga sotib olgan edi.

Fikrlar