PSJ osiyolik darvozabon bilan shartnoma imzolashga yaqin
PSJ rahbariyati «Parma» va Yaponiya terma jamoasi darvozaboni Dzion Sudzukini oʻz safiga qoʻshib olish boʻyicha kelishuvni yakunlash arafasida turibdi.
Futbol olamida ishonchli manba sifatida tanilgan insayder va jurnalist Fabrizio Romano xabariga koʻra, parijliklar italyalik klub qoʻyayotgan moliyaviy talablarni toʻliq qondirishga tayyor. «Parma» 23 yoshli yapon darvozaboni uchun taxminan 30 million yevro ishlab olishni koʻzlamoqda. Maʼlum qilinishicha, PSJ Sudzuki bilan shartnoma imzolagandan soʻng uni darhol boshqa jamoaga ijaraga bermoqchi. Bu orqali yosh darvozabon muntazam oʻyin amaliyotiga ega boʻlishi kutilmoqda. Parij klubida asosiy darvozabon sifatida rossiyalik Matvey Safonov qoladi.
Eslatib oʻtamiz, oʻtgan mavsumda Dzion Sudzuki Italiya chempionatida «Parma» tarkibida 20 ta oʻyin oʻtkazgan va shularning beshtasida darvozasini daxlsiz saqlab qolishga muvaffaq boʻlgan.

Fikrlar