PSJ Pavarni Frantsiyaga qaytarmoqchi

  • 22 avgust, 2020, 00:26
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Bavariya” himoyachisi Benjamen Pavar faoliyatini o‘z vatanida davom ettirishi mumkin. Bu haqda L’equipe xabar tarqatmoqda.

Tecno

Yuqoridagi manbaga ko‘ra, 24 yoshli frantsiyalik futbolchiga PSJdan jiddiy takliflar bo‘lmoqda, uni shaxsan jamoa sport direktori Leonardo tarkibda ko‘rmoqchi. Uning transferi esa 45 mln evroga baholanmoqda. Ammo pandemiya sabab parijliklarda transferlar uchun u qadar katta pul ajratilmagan.

Pavar “Bavariya” safida 2019 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U o‘tgan mavsum myunxenliklar safida jami 47 ta o‘yinda maydonga tushdi va 2 ta gol hamda 2 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!