
PSJ Pepe uchun kurash olib bormoqda
"Lill" klubi forvardi Nikolya Pepe faoliyatini PSJda davom ettirishi mumkin.
Le10Sport nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “Lill” 23 yoshli ivuarlik futbolchisini 80 million evroga baholamoqda. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi esa 2022 yilga qadar imzolangan.
Ta’kidlash kerakki, Pepe joriy mavsum Frantsiya chempionatida 37ta o‘yinda maydonga tushib, raqiblari darvozasiga 22ta gol urishga erishdi. U ayni damda PSJ forvardi Kilian Mbappedan so‘ng musobaqa to‘pararlari reytingida 2-o‘rinni egallab turibdi.
O‘z navbatida “Lill” bungacha chempionatda 2-o‘rin masalasini hal qilib ulgurdi. Endi ular yangi mavsumni Chempionlar ligasini guruh bosqichida o‘tkazishadi.
Fikrlar