PSJ Pochettinoni nega haydagani ma’lum bo‘ldi
PSJ rahbariyati argentinalik bosh murabbiy Maurisio Pochettinoni iste’foga chiqargani sababi ma’lum bo‘ldi.
Daily Mail nashrining xabar berishicha, klubning qatarlik xo‘jayinlari jamoa Chempionlar ligasi nimchorak finalida “Real”ni mag‘lub etolmaganidan darg‘azab bo‘lgan.
Yaqinda Pochettino klub xo‘jayinlariga mavsum yakunlari bo‘yicha hisobot bergan. PSJ Frantsiya chempionatida g‘olib chiqqaniga qaramay, klub egalariga jamoaning xalqaro maydondagi muvaffaqiyatsizligi yoqmagan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, tomonlar o‘zaro kelishgan holda hamkorlikni to‘xtatishga qaror qilgan. Pochettinoning shartnomasi 2023 yilning yozigacha tuzilgan edi.
Fikrlar