
PSJ prezidenti: Hakamlar "Real"ga yordam berishdi, endi Parijda "Real"ga juda qiyin bo‘ladi
PSJ klubi prezidenti Nosir Al-Xelayfi kecha Chempionlar ligasi 1/8 final bosqichi dastlabki uchrashuvida “Real”dan (1:3) uchralgan mag‘lubiyatda o‘yinni boshqarib borgan italiyalik hakam Janluki Rokkini aybladi.
“Natija adolatli bo‘lmadi. Biz ikkinchi bo‘limda yaxshiroq o‘ynadik va ko‘plab golli vaziyatlar yaratdik, lekin biz xatoga ham yo‘l qo‘ydik.
Bir vaziyatda qanot hakami Mbappeni o‘yindan tashqari holatda turgan deya baholadi. Ammo o‘sha vaziyatda u ofsaydda emas edi. Hakamlarning xatosi bizga qimmatga tushdi. Bir so‘z bilan aytganda hakamlar “Real”ga yordam berishdi.
Endi javob bahsi haqida o‘ylashimiz lozim. Bu safar biz o‘z stadionimizda, o‘z muxlislarimiz qarshisida o‘ynaymiz va o‘ylaymanki keying bosqichga chiqa olamiz. Chorak finalga chiqish uchun esa qo‘limizdan kelgan barcha ishni qilamiz. Endi “Real”ga juda qiyin bo‘ladi”, - deydi qatarlik biznesmen.
Fikrlar