PSJ prezidenti Mbappe haqida gapirdi

  • 6 sentabr, 2023, 18:30
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

PSJ bosh murabbiyi Nosir Al-Xelayfi jamoaning yulduzli hujumchisi Kilian Mbappe haqidagi fikrlari borasida o‘rtoqlashdi.

Tecno

"Kilian Mbappe - ajoyib futbolchi va ajoyib inson. PSJ jamoasi maydonda ham, maydon tashqarisida ham hech qachon bunchalik birlashgan emas. Buni “Lion”ga qarshi o‘yinda ham ko‘rish mumkin edi.

Agar muvaffaqiyatga erishsak, natijalar keladi. Bizda murabbiy Luis Enrike va ajoyib sport direktori Luis Kampos bor. PSJda hukm surayotgan yangi ruhdan juda mamnunman", - deya Xelayfining so‘zlarini keltiradi "Record Portugal".

24 yoshli hujumchining frantsuz klubi bilan amaldagi mehnat shartnomasi kelasi yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. 

Eslatib o‘tamiz, Frantsiya chempionatining joriy mavsumida Kilian uchta uchrashuvda beshta gol urishni uddaladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!