PSJ rahbariyati jamoani chempion qiladigan mutaxassisni topdi, ammo...
"Pari Sen-Jermen" rahbariyati jamoaga yangi sport direktori qidirmoqda. Bu haqda France Bleu jurnalisti Fabris Xokins xabar tarqatmoqda.
Manbaga ko‘ra, parijliklar "Sevilya" sport direktori Ramon Monchi bilan aloqa o‘rnatishga harakat qilmoqda. Qayd etilishicha, klubning amaldagi sport direktori Leonardo o‘z ishidan ko‘ngli to‘lmagani uchun mavsum oxirida PSJni tark etishi mumkin.
O‘z navbatida Monchining o‘zi ham Parij klubidan bo‘layotgan qiziqishdan mamnun bo‘lgan. Biroq u "Sevilbya"da baxtli va ispan klubining hozirgi loyihasidan ko‘ngli to‘lmoqda.



Fikrlar