
PSJ “Real” puli etmagan superfutbolchini oladi
“Real” rahbariyati “Borussiya” yarim himoyachisi Jud Bellingemni transfer qilish fikridan qaytgani ma’lum qilingandi.
Bungacha 19 yoshli futbolchi uchun dortmundliklar 140-150 million evro miqdorida badal puli talab qilayotgani sabab bo‘lgan.
Endi Bellingem oldida PSJ varianti ham paydo bo‘ldi. Cadena Ser nashrining xabar berishicha, parijliklar futbolchining agentlari bilan bog‘lanib, rejasi haqida ma’lumot bergan.
Bellingemning o‘zi Chempionlar ligasida muntazam qatnashadigan jamoaga o‘tib, uning asosiy yulduzi sifatida to‘p tepmoqchi.
Fikrlar