PSJ “Real” yulduzini oladigan bo‘ldi. Madridliklar transferga tayyor
Frantsiyaning eng qudratli klubi “Pari Sen-Jermen” joriy mavsum tugaganidan keyin “Real” yarim himoyachisi Eduardo Kamavingani o‘z tarkibiga qo‘shib olishga qiziqish bildirmoqda.
“Qirollik klubi” 23 yoshli futbolchi bo‘yicha yaxshi taklif tushsa, uni sotish variantini jiddiy ko‘rib chiqishga tayyor.
Bu haqida AS xabar berdi.
Manba ma’lumotiga ko‘ra, “Real”da 2021 yildan beri jamoada o‘ynab kelayotgan fransuz yarim himoyachining kelajagiga nisbatan shubhalar mavjud.
Joriy mavsumda Kamavinga barcha turnirlarda 42 ta uchrashuvda ishtirok etib, ikki gol va bir golli uzatma bilan ajralib turdi.
Futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2029 yil yozigacha amal qiladi.
Transfermarkt portali ma’lumotiga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 50 million evroni tashkil etadi.

Fikrlar