PSJ “Chelsi”dan superhujumchi kutyapti
PSJ rahbariyati muntazam jamoa hujum chizig‘ini kuchaytirish uchun “Chelsi” futbolchisi Kay Xavertsni transfer qilmoqchi.
Parijliklar Pablo Sarabiyani “Vulverxempton”ga berganidan keyin uning o‘rnini 23 yoshli germaniyalik forvard egallashini istayapti.
Angliya Premer-ligasida uchinchi mavsumini o‘tkazayotgan Kay Xaverts o‘z salohiyatini to‘liq ocha olgani yo‘q. Bundesligada ko‘p gol urgan hujumchi Angliya futboliga etarli darajada moslasha olmadi.
Ma’lumotlarga qaraganda, “Chelsi” 70 million evro atrofidagi mablag‘ evaziga Xavertsni qo‘yib yuborishga tayyor.

Fikrlar