
PSJ tarixidagi eng zo‘r o‘yinchi nomi e’lon qilindi. G‘olib hech kim kutmagan nomzod
PSJ klubning 50 yilligi munosabati bilan jamoa tarixidagi eng zo‘r futbolchini aniqlash maqsadida muxlislar, jurnalistlar va sobiq futbolchilar ishtirokida so‘rov o‘tkazdi.
Unga ko‘ra, eng ko‘p ovoz jamlagan braziliyalik Rai parijliklar tarixidagi eng zo‘r futbolchi, deb e’tirof etildi.
Rai Braziliya terma jamoasi safida 1994 yilgi jahon chempionatida g‘olib chiqqan. U 1993-1998 yillar davomida PSJda to‘p surgan.
So‘rov yakunlariga ko‘ra, kuchli uchlikdan Safet Sushich va Ronaldino ham o‘rin oldi.
PSJni boshqargan eng kuchli murabbiylar sifatida Karlo Anchelotti, Loran Blan va Luis Fernandes tan olindi.
Fikrlar