PSJ transfer bozorida yana hukmronga aylandi

  • 08.10.2025 20:58
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Xalqaro sport taqtadqiqotlari markazi (CIES) klublarning transfer narxlari bo‘yicha statistikani taqdim etdi.

Unga ko‘ra, Frantsiyaning PSJ klubi futbolchilarining transfer qiymati so‘nggi 1 yil ichida 352 million evroga ko‘tarilgan. Bu esa jamoani yillik o‘sish bo‘yicha etakchiga aylanishiga sabab bo‘ldi. Umumiy futbolchilarning qiymati bo‘yicha esa Parij klubi dunyoning eng qimmmat tarkibga ega klublar reytingida 1.44 milliard evro narh bilan 5-o‘rinini band etib turibdi. Undan oldingi o‘rinlarni, "Arsenal" (1.47 milliard evro), "Manchester Siti" (1.49 milliard evro), "Real Madrid" (1.68 milliard evro) va "Chelsi" (1.81 milliard evro), bilan band etgan. 

Ma’lumot uchun, PSJ Liga 1 ning 7- tur yakunlariga ko‘ra, 16 ochko bilan turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!