
PSJ transfer bozorini portlatmoqchi. Pochettino Messi boshchiligida besh yulduzga xaridor
PSJ yozgi transferlar vaqtida tarkibini sezilarli darajada kuchaytirmoqchi. Klub sport direktori Leonardo “Yuventus”ning transfer taktikasini qo‘llab, erkin agent maqomini oladigan mashhur futbolchilarni Parijga olib kelishga bel bog‘lagan.
Maurisio Pochettino yozda uning qo‘l ostiga hujumchilardan Lionel Messi (“Barselona”), Memfis Depay (“Lion”), yarim himoyachi Jorjino Veynaldum (“Liverpul”), himoyachilardan David Alaba (“Bavariya”) va Elseid Xyusay (“Napoli”) olib kelinishini kutmoqda.
Shuningdek, parijliklar “Everton”dan italiyalik hujumchi Moyze Kinning transfer huquqini to‘liq sotib oladi.
Bundan tashqari, PSJ hozirgi jamoaning o‘zagini tashkil qiluvchi etakchi futbolchilardan Kilian Mbappe, Neymar, Anxel Di Mariyani saqlab qolish bo‘yicha bosh qotiryapti.
Fikrlar