PSJ ustozi final oldidan "Bavariya"ning yagona ustun jihatini aytdi

  • 23 avgust, 2020, 12:01
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

PSJ bosh murabbiyi Tomas Tuxel bugun "Bavariya"ga qarshi bo‘lib o‘tadigan Chempionlar ligasi finalidan oldin o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

Tecno

“Bavariya” o‘zgacha harakat qilmoqda. Ular safida g‘alabaga chanqoq yoshlar va ushbu musobaqada toblangan tajribali futbolchilar bor. Men Chempionlar ligasini yutgan Keylor Navas, Neymar va Anxel Di Mariya bilan juda ko‘p gaplashaman.

“Bavariya” bu kabi finallarda o‘ynash tajribasiga egaligi bilan biroz ustunlikka ega. Ammo bu ustunlik hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘lmaydi”, - dedi germaniyalik mutaxassis UEFA rasmiy saytiga bergan intervyusida.

PSJ – “Bavariya” uchrashuvi bugun soat 00:00 da boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!