PSJ va “Manchester Siti” klublari futbolchi uchun kurashmoqda

  • 11 dekabr, 2022, 05:45
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Milan” klubining himoyachisi Teo Ernandesga PSJ va “Manchester Siti” jamoalari qiziqmoqda. Pep Gvardiolaning o‘zi ushbu transfer bilan shug‘ullanmoqchi. Bu haqda “CalcioMercato” nashri xabar berdi.

Tecno

Ma’lumot uchun, frantsiyalik futbolchi 2019 yildan beri Milan jamoasi sharafini himoya qilib kelmoqda. Uning amaldagi shartnomasi 2026 yilgacha amal qiladi. Teo ushbu mavsum barcha chempionatlarda 23 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 gol va 6 ta assist amalga oshirdi.

Ernandes Jahon chempionatida Frantsiya tarkibining asosiy chap qanot himoyachisiga aylandi. U mundialda 3 ta o‘yinda 2 marotaba o‘z sheriklarining goliga pas berdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!